Abdulla Qodiriyni otgan odam... Qodiriyning o‘g‘li undan otasining so‘nggi so‘zi haqida so‘radi

A A A
Abdulla Qodiriyni otgan odam... Qodiriyning o‘g‘li undan otasining so‘nggi so‘zi haqida so‘radi

Bu voqeaga 30 yilcha bo‘ldi. Yurtimiz hali mustaqillikka erishmagan, ammo sobiq Ittifoqning kursisiga zil ketib, “qayta qurish, qayta buzish”, degan davr kechayotgan pallalar edi...

O‘shanda poytaxtdagi eng muhtasham tomoshagohlarning birida Abdulla Qodiriy tavalludiga to‘qson besh yil to‘lishi tantanali nishonlanayotgan edi. Tomoshaxona odamlar bilan liq to‘la, “dangira-dungur”u, “gumbura-gumbur” avjida.

Ular orasida atoqli adibimizning haqiqiy muxlislari qancha-yu, shunchaki tomosha uchun kelganlari qancha — bilish qiyin.

Ammo marhum adib aza-to‘yining to‘rida — sahnani to‘ldirib qo‘r to‘kib o‘tirganlardan ikki-uch chin qalam ahli-yu, uch-to‘rt mehmonni istisno qilganda, qolganlari shunchaki — xizmat yuzasidan kelganlar.

Yana ro‘yxat bo‘yicha taklif etilgan kazo-kazolar. Yana adibni tirikligida turtganlar qolmagan bo‘lsa-da, uning go‘riga rosa g‘isht qalaganlar ham bor edi. Taassufki, ular orasida qo‘yib bersa, hozir ham adib qabrini bir tepib kelishga tappa-tayyorlar ham topilishi mumkin.

Ko‘ra-bila turib oqni qora, haqiqatni yolg‘on qilib ko‘rsatuvchilar, ezgulikni yerga urib, nohaqlikka qulluq qiluvchilar, ichi qora hasadgo‘ylar va hokazo...

Ular “zamona haliyam bizniki, xo‘sh, senlarning qo‘lingdan nima kelardi?” deganday pastdagilarga, oddiy odamlarga yuqoridan gerdayib, ko‘zoynaklarini yaltiratib qarashadi, o‘z suyanchiqlari — o‘rtani egallab olgan mustabid mafkura amaldorlariga yaltoqlanishadi.

Shu tobda xayolimdan kechgan o‘yga qarang, mabodo mo‘’jiza yuz bersa-yu, maslagu imonda sobit Abdulla Qodiriy tirilib bu yerga kelib qolsa va o‘z to‘yida o‘tirgan bu iymoni sust “zot”larni ko‘rsa bormi, izlariga shartta qaytvorgan bo‘lardilar.

Lekin har qalay, tavallud to‘yi, kelgan mehmonni “ket”, deb bo‘lmaydi, buning ustiga, adibning bu safargi tavallud kuni yaxshilab “uyushtirilgan”.

(Adibni otgan mustabid tuzum bu bilan go‘yo o‘z aybini “yuvib” yubormoqchiday...) Adibning minbarga chiqib bo‘zlagan bir-ikki muxlislaridan keyin boshlanib ketgan turli “tabrik”lar, “gulduros qarsaklar” tugagach, uning hayot qolgan yakka-yu yagona o‘g‘li Ma’sud aka so‘z oldi.

Uning gaplari oldindan tegishli shaxslar tomonidan ko‘rib chiqilmaganmikin — sal boshqacharoq chiqdi. “Men otam otib o‘ldirilgan joyni uzoq izlab, oxiri topdim, — dedi Ma’sud aka. — U Bo‘rijar arig‘ining narigi tomonidagi bir tepalik ekan. O‘ttizinchi yillarda bu yerga kechalari kimlarnidir olib kelib otishlarini keksalar bilishar ekan, hattoki, uyi shu tepalikka yaqinroq bo‘lganlar “oh-voh” ovozlarini ham eshitisharkan. Ertalabga borib qarashsa, naridan-beri ko‘mib ketilgan do‘ngliklardan otilgan odamning qo‘li yo oyog‘i chiqib qolgan bo‘larkan, uning ustiga, tuproq tortib, marhumning ruhiga bir pora qur’on o‘qib, duoyi-fotiha ham qilib qo‘yisharkan... Men otamni otgan odamni ham izlab-izlab topdim, hozir nafaqaxo‘r ekan. Undan: “Mening otam o‘limi oldidan nima dedi, shuni aytib bering”, desam, u odam: “Aytolmayman, bu — sekret”, deydi. Axir, mening otam begunohdan-begunoh otilgan bo‘lsa, oradan shuncha yil o‘tgan bo‘lsa, buning yana nimasi “sir” bo‘lishi kerak?”

Ma’sud akaning gaplarini eshitib, “E, Xudo, bunday gaplarni shu qadar bosiqlik, dardini ichiga yutib, ko‘zlari yoshlanmasdan ayta olgan odamga o‘zing to‘zim ber!”, deysan kishi beixtiyor.

Ma’sud aka hay’atda o‘tirgan amaldorlarga murojaat qilib: “Iltimos, otamning oxirgi so‘zlarini bilib beringlar”, dedi. Hay’atdagilar esa inson bolasi toqat qilolmaydigan bunday dil nolasiga o‘zlaricha “chuqur ma’noli” bosh qimirlatish bilan javob qildilar.

Keyin sahnada childirma “gij-bang”lab, raqqosalar xirom qila boshlashdi. Endi tavallud to‘yining “badiiy qismi” boshlangan edi. Allaqaysi san’atkor Abdulla Qodiriymi yo Otabekmi bo‘lib chiqdi, kimdir uning “yor”i bo‘ldi, xullas, bo‘yama-bejama, chuchmal ashula-yu raqslar avjiga chiqdi, tomosha ishqibozlariga Xudo berdi.

Sahnadagi o‘yin-kulgi endi boshlangan edi hamki, men Ma’sud akaning tashqariga chiqib ketayotganini ko‘rib qoldim. Adibning katta o‘g‘li – Habibullo aka bilan yaqin edim, Ma’sud akani garchi bilsam ham, shaxsan tanishligim yo‘q edi.

Shunday bo‘lsa ham, unga shu tobda nimadir degim keldi-yu, orqalaridan chiqdim. Qarasam, u kishi kiyimlar yechib qoldiriladigan joyga qarab yurdilar. Ha, turgan gapki, otib o‘ldirilgan otaga bag‘ishlangan bunaqa “gij-badang” tomosha uning ko‘ngliga sig‘masdi.

Men qadamimni tezlatib, u kishiga yetdim-u, Ma’sud akani to‘xtatdim, keyin, aniq esimda yo‘q, tovushim og‘zimga tiqilib: “Ma’sud aka, shunday og‘ir gaplarni ayta olganingiz uchun sizga ming rahmat, otangizning ruhi-poklari qo‘llasin”, deganday gap qildim.

“Rahmat”, dedilar Ma’sud aka xuddi otasinikiga o‘xshagan tim-qora, tiyrak ko‘zlarini menga tikib.

Bu yog‘i kasbim matbuotchilik emasmi — men u kishidan o‘sha mash’um tepalik qayerda ekanini so‘radim. U kishi o‘sha tepalik Yunusobod tomonda, Bo‘rijar arig‘ining narigi qirg‘og‘ida ekanini, nomini esa “B...tepa” deyilishini aytdi.

(Hayhot, qarangki, bu tepalikda begunohlarni otib tashlab, yana ustiga shahar axlatlarini ham tashlashar ekan. Shuning uchun bu yer shunday deb atalar ekan).

Men u tepalikning hozir bor-yo‘qligini surishtirdim. Ma’sud akaga mening ketma-ket shitob bilan savol berishim uncha "o‘tirishmadi", shekilli, qoshlarini bir chimirib oldilar, keyin tepalikning tuprog‘ini olib, undan shu yo‘lning bu yonidagi xumdonda g‘isht yasalganini aytib berdilar.

“Ammo o‘sha tepalikning tuprog‘i g‘isht yasash uchun yaramabdi, suyilib ketaveribdi, shunda bir mashina tuproqni o‘sha tepalikdan, bir mashinani esa bosh­qa tepalikdan olib, aralashtirib, keyin g‘isht qilishgan ekanlar...”

Suhbatimiz nima bilan tugagani aniq esimda yo‘q, men Ma’sud akaning qo‘llarini siqdim, nimalardir yaxshi tilaklar tiladim.

Ertasiga esa ataylab o‘sha, Ma’sud aka aytgan tepalikni ko‘rgani bordim. Ammo u tepalikdan nomu nishon qolmagan, yo‘lning chap tomonidagi g‘isht xumdoni ham yo‘q edi. Abdulla Qodiriy xoki aralashib ketgan tuproqdan yasalgan g‘ishtlar...

Bu voqeadan keyin men “Shahidtepa qayerda?” degan maqola yozdim va unda Ma’sud akadan olgan ma’lumotlarim, o‘zim borib surishtirganlarim asosida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va o‘ttiz yettinchi yilning bosh­qa siyosiy qatag‘onlari qatl etilgan joy Bo‘rijar arig‘i yonidagi tepalikda ekanligini ma’lum qildim.

“Turkiston” gazetasining 1992 yil 1 aprel sonida bosilib chiqqan bu maqola mazkur masala haqidagi birinchi ma’lumot edi. Keyinchalik bu yerda hozirgi “Shahidlar xotirasi” majmui qurildi.

Ha, aytganday, Eski shaharning Jangob mavzeidagi keyinroq Abdulla Qodiriy nomi berilgan bog‘da yozuvchining haykali o‘rnatilgan. Haykaltarosh o‘z asarini bu zotning fojiali qismati qanday yakun topganini yaxshi bilib, anglab yaratibdi.

Adib g‘ishtlar ichidan yig‘lamsirab chiqib turganday, ya’ni haqqoniy tasvirlanibdi...

 

Muxtor XUDOYQULOV, yozuvchi.

Manba: “Hurriyat” gazetasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.