A Seriya. Shomurodov «Roma»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolishi mumkin edi...

A Seriya. Shomurodov «Roma»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolishi mumkin edi...

Italiya chempionatining 7-turi doirasida «Roma» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qilib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Bergamoliklar bahsning 35-daqiqasida Skalvini tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Tanaffusga qadar esa Temmi Abraxam ikkita ajoyib imkoniyatni golga aylantira olmadi.

Bahsning 79-daqiqasida Abraxam o‘rniga Eldor Shomurodov tushirildi. Hamyurtimiz golga tortadigan 3ta vaziyatda ishtirok etdi. O‘yinning 88-daqiqasida o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Eldor bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi. Oradan bir daqiqa o‘tib Shomurodov himoyachidan qochib ketib, 18 metrlardan zarba berdi. To‘p yana o‘sha ustun yonidan o‘tib ketdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar boshlangan paytda o‘zbekistonlik forvard raqib bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va yanada qulayroq vaziyatdagi Belottiga pas berishga qaror qildi. Ammo ortdan yetib kelgan himoyachi to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yuborishga ulgurib qoldi.

Shu tariqa, "Roma" o‘yin davomida ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, "Atalanta"ga imkoniyatni boy berdi.

Italiya A seriyasi, 7-tur
Roma – Atalanta 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 35 Skalvini.
Roma – Ruy Patrisiu, Chelik, Smolling, Manchini (Zalevski, 87), Rojer, Spinassola, Matich (Belotti, 67), Kristante, Pellegrini, Dzanyolo, Abraxam (Shomurodov, 79).
Atalanta – Musso (Sportyello, 8), Xatebur, de Ron, Toloi, Demiral, Mele, Skalvini (Okoli, 46), Kopmeyners, Pashalich (Lukman, 74), Ederson (Malinovskiy, 88), Xeylund (Muriel, 46).
Ogohlantirishlar: Mele (23), Toloi (47), Xatebur (55), Demiral (76), de Ron (80), Kopmeyners (86), Malinovskiy (90).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!