95 yoshli nemis konslageri soqchisi AQShdan deportasiya qilindi

95 yoshli nemis konslageri soqchisi AQShdan deportasiya qilindi

95 yoshli nemis Fridrix Karl Berger 1945 yilda fashistlar konslagerida qorovul bo‘lib ishlagani uchun AQShdan deportasiya qilindi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 1959 yildan beri Tennesi shtatida yashab kelayotgan, ammo Germaniya fuqaroligini saqlab qolgan Bergerning ixtiyoriy ravishda Noengammi shahridagi konslagerda xizmat qilganini va hozirda Germaniya nafaqasini olayotganini Memfisdagi immigrasiya sudi aniqlagan.

Adliya vazirligi, o‘z navbatida, AQShning fashistlarning insoniyatga qarshi jinoyatlarida va boshqa inson huquqlarini buzilishlarida ishtirok etganlar uchun xavfsiz boshpana bo‘lishini istamasligini aytgan.

Shunday qilib, Berger fashistlarga aloqadorlarni aniqlash va chetlatish dasturi doirasida AQShdan deportasiya qilingan o‘n ettinchi fuqaroga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!