89 ta davlat V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etishini tasdiqladi
V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari 8-13 sentyabr kunlari Astana shahrida bo‘lib o‘tadi. Dasturga 21 sport turi kiritilgan. Ularning yarmi qozoq milliy sport turlari, qolgani ko‘plab turkiy davlatlarning milliy sport turlaridir. Bu haqda QR Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Serik Jarasbayev Markaziy kommunikasiyalar xizmati maydonchasida ma’lum qildi.
— 89 davlat delegasiyasi O‘yinlarda ishtirok etishini tasdiqladi. 2500 dan ortiq sportchi kelishi kutilmoqda, - dedi Serik Jarasbayev matbuot anjumanida.
Sport infratuzilmasi haqida gapirar ekan, vazir o‘rinbosari “bir chiziq” konsepsiyasi qo‘llanilishini ta’kidladi.
— Qabanbay botir va Turon xiyobonlarida joylashgan sport inshootlari, shuningdek, 7 ta asosiy sport inshootidan foydalaniladi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi “Astana Arena”da, J.Ushkempirov jang san’atlari saroyida kurash turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi, yengil atletika maydoni akkreditasiyadan o‘tkaziladi. Shuningdek, milliy ot sporti turlarini o‘tkazish maqsadida «Qazanat» nomli ippodromda rekonstruksiya qilinmoqda. “Duman” mehmonxonasida to‘g‘izqumalak, mangal va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi, - deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.
Bundan tashqari, tadbir doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.