571 SAV avtomobil raqamini qimmat narxga sotib olsa bo‘ladimi?

571 SAV avtomobil raqamini qimmat narxga sotib olsa bo‘ladimi?

Savol

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Dinimiz yo‘lida qilayotgan xizmatlaringizni Alloh manfaatli va barokatli qilsin! Ustoz avtomobilning terilgan davlat raqamlarini auksion savdo orqali sotib olsa bo‘ladimi?

Ayniqsa 571 SAV davlat raqamiga havasimiz keladi. Bu raqam bilan bog‘liq, Payg‘ambarimiz alayhissalomga hammaning muhabbati qanchalik ekanligini yolg‘iz Alloh biladi. Shu raqamning ham bahosi 13 million so‘mdan boshlanib, o‘sib ketaveradi. Shu nomerni sotib olsa isrof bo‘lmaydimi?

Savolimni noo‘rin bergan bo‘lsam uzr so‘rayman


Javob

Isrof bo‘ladi. Payg‘ambar alayhissalomga muhabbat mashina raqami bilan belgilanishi haqidagi tushunchadan ogoh bo‘lganimdan beri bo‘g‘ilaman. Nahot shu darajaga yetib keldik, deb. U kishiga ummatlik va muhabbat da’vosi Sunnatlarini mahkam ushlash, doimo Izlaridan yurish bilan bo‘ladi.

Qolaversa, boshqa “chiroyli raqam“larga millionlab sarflayotganlar, ertaga Allohning oldida hisob berishlarini unutmasinlar.

Alloh yanada biluvchiroq.

Mubashshir AHMAD

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!