“5 tashabbus olimpiadasi”ning hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan 7938 nafar yoshlar respublika final bosqichining “A”, “V” va “S” ligalarida ishtirok etadi
Xabaringiz bor, mahalladagi yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yoshlarni madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, Ay-Ti yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorlarini kashf etish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning mart-iyun oylari davomida besh bosqichda mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika darajasida «Besh tashabbus olimpiadasi» o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 23-mart sanasidan 4-aprelga qadar beshtashabbus.uz sayti orqali jami 4 mln 855 ming 729 nafar yoshlar elektron ro‘yxatdan o‘tdi.
Birinchi mahalla bosqichi doirasida 9 ta tanlov va ommaviy sport musobaqalarida jami 4 mln 203 ming 432 nafar yosh ishtirok etdi.
Ikkinchi sektor bosqichi joriy yilning 15 apreldan 6 mayga qadar o‘tkazilib respublika bo‘yicha 13 ta tanlov va ommaviy sport musobaqalari doirasida jami 811 ming nafar yoshni qamrab oldi.
6 -24 may kunlari olimpiadaga kiritilgan 15 ta tanlov va ommaviy sport musobaqalarining uchinchi tuman (shahar) bosqichi o‘tkazildi. Mazkur bosqich doirasida 212 160 nafar mahalla yoshlari ishtirok etdilar va ulardan 55 120 nafari bosqichiga yo‘l oldi.
To‘rtinchi hududiy bosqichi 26 may kunidan boshlandi va 10 iyunga qadar bo‘lib o‘tishi belgilangan. Mazkur 14 ta tanlov va ommaviy sport musobaqalari doirasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 7 938 nafar yosh respublika final bosqichining “A”, “V” va “S”-ligalarida ishtirok etadilar.
E’tiboringizga “5 tashabbus olimpiadasi”
respublika bosqichi doirasidagi tanlov va sport musobaqalarininng o‘tkazilish joylari to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etamiz:
Stol tennisi sport musobaqasini final bosqichi 12-14 iyun kunlari Jizzax viloyatida;
Shashka musobaqasi final bosqichi 12-14 iyun kunlari Namangan viloyatida;
Yengil atletika musobaqasi final bosqichi 2023 yil 12-15 iyun kunlari Qashqadaryo viloyati;
Stritbol sport musobaqasi final bosqichi 12-16 iyun kunlari (Samarqand viloyatida o‘g‘il bolalar) (Farg‘ona viloyatida qiz bolalar);
“Street workout” musobaqasi final bosqichi 2023 yil 15-17 iyun kunlari Andijon viloyatida;
Paralimpiya musobaqalari final bosqichi 15-17 iyun kunlari Toshkent shahrida;
Gimnastrada sport musobaqasi final bosqichi 20-22 iyun kunlari Toshkent shahrida;
“Yoshlar kubogi” kibersport musobaqasi final bosqichi 2023 yil 20-22 iyun kunlari Toshkent shahrida;
“Yoshlar raqs” festivali tanlovining final bosqichi 2023 yil 12-16 iyun kunlari Buxoro viloyatida;
Kasblar tanlovi doirasida Tikuvchilik 12-17 iyun kunlari Namangan viloyatida;
Kasblar tanlovi doirasida Erkaklar sartaroshi finali 12-17 iyun kunlari Toshkent shahrida;
Kasblar tanlovi doirasida Oshpazlik tanlovi 12-17 iyun kunlari Samarqand viloyatida;
Kasblar tanlovi doirasida Qandolatchilik tanlovi 12-17 iyun kunlari Buxoro viloyatida;
Kasblar tanlovi doirasida Hunarmandchilik tanlovi 12-17 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida o‘tkaziladi.
