35 yillik umrini o‘rmon barpo etishga bag‘ishlagan fidoyi ekolog taqdirlandi

A A A
35 yillik umrini o‘rmon barpo etishga bag‘ishlagan fidoyi ekolog taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlarining bir guruhi mukofotlandi.

Mukofotlanganlar orasida ekologiya va turizm sohalari rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoiy xodimlar ham bor. Xususan, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” ov xo‘jaligi boshlig‘i Aleksandr Fedin “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Aleksandr Fedin umrini ekologiyaga bag‘ishlagan. U 1989 yil boshida mavsumiy suv yig‘iladigan, qoq cho‘l o‘rtasidagi “Jarqo‘rg‘on” suv ombori sohilida o‘rmon barpo qilishni boshladi va 35 yil davomida 84 gektar hududni o‘rmonzorga aylantirdi. Bu yerdagi daraxtlarning 50 turdagi, jonivorlarning esa 12 turdagi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Bugungi kunda Finlyandiya, Rossiya, Norvegiya, Xitoy kabi davlatlardan tabiatshunos yosh olimlar kelib, mazkur hududda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishmoqda, o‘simlik va hayvonot olamining yangi turlarini o‘rganishmoqda. Shuningdek, har yili tashkilotlar va aholiga mingdan ziyot bepul ko‘chat yetkazib beriladi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Fedin 2023 yilda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

35 yillik umrini o‘rmon barpo etishga bag‘ishlagan fidoyi ekolog taqdirlandi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, бироқ жуда ёвуз” деб атади.

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi

Туркия чемпионатининг учинчи турида “Башакшеҳир” ўз майдонида “Касимпаша” клубини қабул қилиб, 1:1 ҳисобида дуранг ўйнади.