3300 dollar evaziga “prava” va’da qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.T. fuqarolar M.A. va T.A.ga 3 300 AQSh dollari evaziga go‘yoki IIBda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan “V”, “S”, “D” toifali haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilib, shundan 1 650 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.-G.” MCHJga qarashli avtomaktabning boshqaruv ustasi I.S. fuqaro F.M.ga tanishlari yordamida “V” toifadagi haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 650 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.