27 yoshli ayol "zahri qotil" sotayotgani ma’lum bo‘ldi

27 yoshli ayol "zahri qotil" sotayotgani ma’lum bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2021 yilning 21 yanvar kuni soat 23:00 da IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi  To‘rtko‘l tumanida istiqomat qiluvchi 27 yoshli Malika Q., “geroin” giyohvandlik vositasini tadbirga jalb qilingan shaxsga jami 700.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasida, Malika Q. dan olingan modda “geroin” giyohvandlik vositasi ekanligi va uning umumiy og‘irligi 0,02 grammni tashkil qilishi ko‘rsatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Malika Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!