26 iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
📌 Giyohvandlikka “asr vabosi” deya ta’rif beramiz. Unga qarshi nafaqat illat, balki global ofat sifatida kurashamiz. Chunki bugun ayni shu xatar insoniyat salomatligi, taqdiri va hatto kelajagiga rahna solayotgani sir emas.
📊 BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan sal avval e’lon qilingan hisobotiga ko‘ra, dunyoda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilar soni 10 yil ichida 23 foizga o‘sib, 240 milliondan 296 million nafarga yetgan.
📈 Shuningdek, bu illat bilan bog‘liq kasalliklardan aziyat chekuvchilar 2011 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda 45 foizga oshib, 39,5 million kishini tashkil etgan.
🔎 Bunday o‘sish dinamikasiga sayyoramiz aholisi ko‘payishidan tashqari, yoshlar o‘rtasida sintetik giyohvand moddalar ommalashayotgani ham sabab bo‘lmoqda. Negaki, bunday zaharli vositalar nisbatan arzonligi, oson va tez ishlab chiqarilishi bois noqonuniy bozorlarni shiddat bilan “zabt etmoqda”.
✅ Ana shunday omillar yurtimizda psixiatriya va narkologiya xizmatini takomillashtirish uchun yana bir muhim asos bo‘ldi.
📆 Xususan, davlatimiz rahbarining o‘tgan yil qabul qilingan “Aholiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, joriy yil 1 yanvardan boshlab:
📌 narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish bo‘yicha barcha tibbiy tekshiruvlar narkologiya dispanserlarining o‘zida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshirilmoqda;
📌 narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyati yaratildi.
♻️ (https://t.me/ssvuz/13355) O‘z navbatida, qarorga muvofiq, aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida psixoaktiv moddalar iste’mol qilinishining oldini olish va barvaqt aniqlashga qaratilgan profilaktika tizimi ishlab chiqilishi bu sohadagi dadil qadam bo‘ldi.
📋 Qolaversa, yaqinda e’lon qilingan “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida ham bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga doir vazifalar belgilangan.
❗️26 iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan o‘tkazilayotgan “Aholiga narkologik yordam ko‘rsatishning zamonaviy jihatlari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada bunday fakt va tahlillar yana bir bor qayd etildi.