22 may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22 may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko‘ra, 22 may kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 18-20° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqiy 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqiy 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqiy 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqiy 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqiy 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi hamda do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12° bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!