21 yoshli qiz telefoni bilan birga cho‘milayotganida halok bo‘ldi

21 yoshli qiz telefoni bilan birga cho‘milayotganida halok bo‘ldi

Ukrainaning Lusk shahrida 21 yoshli qiz uyali telefon bilan cho‘milayotib, elektr toki urishi natijasida halok bo‘lgan. Bu haqda 22 yanvar kuni mahalliy VolinPost nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, fojia shanba kuni shahardagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan. Voqea holatlari huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan aniqlanmoqda.

"Soat 17:42da vannaxonada qiz bilan baxtsiz hodisa yuz bergani haqida qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Voqea joyiga shifokorlar yetib kelishganida u allaqachon hammomdan olib chiqilgandi. Shifokorlar qizni jonlantirishga harakat qilishgan, afsuski, foyda bermadi”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!