2030 yildan boshlab sigaret sotish bo‘yicha ayrim cheklovlar o‘rnatish takliflari ilgari surilmoqda

2030 yildan boshlab sigaret sotish bo‘yicha ayrim cheklovlar o‘rnatish  takliflari ilgari surilmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra dunyo bo‘ylab har yili 6 millionga yaqin inson tamakining zararli ta’siridan vafot etadi.

Ularning 12 foizi chekuvchi bo‘lmaganlar (passiv chekuvchilar)dir.

Eng achinarlisi, passiv chekuvchilar bolalar hisoblanadi. Ular atrofidagi odamlarning chekishi oqibatida tamaki tutuni aralash havo bilan nafas oladilar. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hatto passiv chekish ham odamda kasallikka chalinish, nogironlikka yo‘liqish va o‘lim xavfini oshiradi.

Nikotin tanadagi metabolik jarayonga xalaqit beruvchi, miyaning faoliyati va fiziologik funksiyalariga ta’sir qiluvchi alkogol va boshqa psixoaktiv moddalar kabi odamda o‘rganishni keltirib chiqaradi. Shu tarzda tamakiga jismoniy bog‘liqlik shakllanadi. Odam doimiy nikotin oqimiga o‘rganib qoladi. Tamakidan foydalanish to‘xtatilsa, tashvish va xavotir hissi paydo bo‘ladi. Bu jismoniy qaramlikning signalidir. Chekishga bo‘lgan ehtiyoj ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyoj bilan tenglashib qoladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti chekish ta’siri ostida organizmda rivojlanishi kuchayadigan 25 dan ortiq kasallik (yurak-qon tomir, o‘pka va saraton) haqida xabar beradi. Tibbiy tadqiqotlar bo‘yicha Britaniya Kengashi olimlarining ko‘p yillik tadqiqotida o‘pka saratoni va miokard infarktining chekish bilan bog‘liqligi haqida jiddiy ilmiy dalillar keltirilgan. Yurak ishemik kasalligi va insultdan o‘lim holatlarining 70 foizi chekuvchi va spirtli ichimliklar ichuvchi odamlarga to‘g‘ri keladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har bir chekuvchi o‘z hayotini 18 yilga qisqartiradi.

Chekish tufayli odamning xotirasi susayadi, ozib ketadi. Yosh o‘smirlarni chekishi tufayli bola o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi, urug‘ hujayralarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, jinsiy ojizlik kelib chiqadi.

Bunday achinarli holatlar afsuski, bizning mamlakatimiz aholisiga ham jiddiy xavf solmoqda.

Shuning uchun ham mazkur illatga qarshi jiddiy kurashish bugungi kunning muhim talabi hisoblanadi. O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xamzayevning saylovoldi dasturida chekuvchilar sonini kamaytirish va yosh avlodning tamaki mahsulotlariga o‘rganishini oldini olish maqsadida 2030 yildan boshlab, 2009 yildan keyin tug‘ilganlarga yoshidan qat’iy nazar sigaret sotish taqiqlash taklifi ilgari surilmoqda.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!