2026 yilgacha quvvati 9 ming megavatgacha bo‘lgan yashil elektr va yangi gidroelektr stansiyalari ish boshlaydi

2026 yilgacha quvvati 9 ming megavatgacha bo‘lgan yashil elektr va yangi gidroelektr stansiyalari ish boshlaydi

Umumiy quvvati 8 ming megavattdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari, 868 megavatt quvvatga ega yangi gidroelektr stansiyalari ish boshlaydi.

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilda Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 megavattdan bo‘lgan 2 ta hamda 2026 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 1 ming 600 megavattga teng bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘istonda 200 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender davom etmoqda.

Bundan tashqari, 2023 yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1,8 gigavattga yaqin kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari ishga tushirilishi ham rejalashtirilgan.

Ta’kidlash kerakki, tizimli ishlarning amalga oshirilishi natijasida 2026 yilga borib, O‘zbekistonda umumiy quvvati 8 ming megavattdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari, 868 megavatt quvvatga ega yangi gidroelektr stansiyalari ish boshlaydi.

Bugungi kunda ekologik muammolar sababli gidroelektr stansiyalari hamda issiqlik elektr stansiyalariga muqobil ravishda yashil energetika manbalarining ham yaratib borilishi kelgusida energiya taqchilligining oldini olish uchun zarur choralardan biriga aylanib ulgurdi. Shu sababli hududlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, quyosh va shamol elektr stansiyalari, kichik gidroelektr stansiyalarning ishga tushirib borilishi samarali yechim bo‘lib xizmat qilishi tabiiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!