2025 yildan mansabdor shaxslar ijtimoiy so‘rovnoma asosida tayinlanishi yoki mansabidan ozod etilishi mumkin

2025 yildan mansabdor shaxslar ijtimoiy so‘rovnoma asosida tayinlanishi yoki mansabidan ozod etilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasi taqdim etgan qaror loyihasiga ko‘ra, davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklari ta’minlanishiga rioya etilayotganini reyting asosida baholovchi Inson huquq va erkinliklari indeksi joriy etiladi.

Unga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan boshlab mansabdor shaxslarni lavozimga tayinlash (saylash), xizmat bo‘yicha lavozimini ko‘tarish yoki tushirishda, maxsus unvonlar berishda Inson huquq va erkinliklari indeksi natijalarini inobatga olish amaliyoti joriy etiladi.

Ushbu indeks ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar va har yili 1 martga qadar o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlar natijalari asosida aniqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!