2024/2025 o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul kvotalari e’lon qilindi

2024/2025 o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul kvotalari e’lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 106 256 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.

Shundan:

45 ta kollej uchun — 15 ming 977 ta;
218 ta texnikum uchun — 90 ming 279 ta.
Respublika bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 9 587 ta etib belgilandi.

Shundan:

davlat granti asosida — 4 822 ta;
to‘lov-kontrakt asosida — 4 765 ta.
KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari
Kollejlarga respublika bo‘yicha kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 60 ta etib belgilandi.

KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari
Kollejlarga sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 4 050 ta etib belgilandi.

SIRTQI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari
Kollejlarga dual ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 2 280 ta etib belgilandi.

Shundan:

davlat granti asosida — 600 ta;
to‘lov-kontrakt asosida — 1 680 ta.
DUAL ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari
Kollejlarga kechki va sirtqi ta’lim shakllar uchun qabul faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Respublika bo‘yicha texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 67 725 ta etib belgilandi.

Shundan:

davlat granti asosida — 30 441 ta;
to‘lov-kontrakt asosida — 37 284 nafar.
KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari
Respublika bo‘yicha texnikumlarga kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 1 450 ta etib belgilandi.

KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari
Respublika bo‘yicha texnikumlarga sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 13 105 ta etib belgilandi.

SIRTQI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari
Ta’kidlash lozim, kollej va texnikumlarga kechki va sirtqi ta’lim shakllar uchun qabul faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Respublika bo‘yicha dual ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 7 940 ta etib belgilandi.

Shundan:

davlat granti asosida — 5 480 ta;
to‘lov-kontrakt asosida — 2 460 ta.
DUAL ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari
Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2024/2025-o‘quv yili kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar farzandlari, “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi jami 59 ta etib belgilandi.

Davlat granti asosida qo‘shimcha qabul parametrlari
Mazkur ta’lim shakli faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!