2022 yilda O‘zbekistonda tramvayda qancha yo‘lovchi tashildi?

2022 yilda O‘zbekistonda tramvayda qancha yo‘lovchi tashildi?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022 yilda tramvayda qariyb 3 mln yo‘lovchi tashilgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yil bilan solishtirganda 654,3 mingga oshgan.

Ma’lumot uchun, hozir faqat Samarqand shahrida tramvaydan jamoat transporti sifatida foydalaniladi.

2022 yil noyabrida O‘zbekiston prezidentining Fransiyaga tashrifi doirasida Toshkent tramvay tizimini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Kelishuvga ko‘ra, Fransiyaning Alstom mashinasozlik kompaniyasi Toshkentda 9,1 km uzunlikdagi tramvay liniyasini quradi, uning marshruti hozircha ma’lum qilinmadi. Bu liniyada yo‘lovchi tashish hajmi kuniga 78 ming kishini tashkil etishi reja qilingan. Qurilish boshlanishi 2024 yilning 2-choragiga mo‘ljal qilingan. Loyiha qiymati 167,4 mln yevroga baholangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!