2021 yilda qaysi davlatlarda urush bo‘lishi mumkinligi aytildi: O‘zbekiston ro‘yxatda

2021 yilda qaysi davlatlarda urush bo‘lishi mumkinligi aytildi: O‘zbekiston ro‘yxatda

Rossiyalik ekspert "MK" nashriga bergan intervyusida 2021 yilda qurolli mojaro boshlanishi ehtimoli bo‘lgan qator davlatlar nomlarini sanab o‘tgan. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.

Harbiy ekspert Aleksey Valyujevich fikricha, joriy yil turli qurolli va diniy mojarolar, koronavirus tarqalishi bilan esda qolgan 2020 yildagi "yutuqlarni" ortda qoldirishi mumkin.

Mutaxassis fikricha, 2021 yilda zo‘ravonlik to‘lqini faqat o‘sib boradi va uning oqibatlarini hozircha prognoz qilib bo‘lmayapti.

Valyujevich eng "qaynoq" nuqtalarning biri sifatida Afg‘onistonni keltirib o‘tgan — 2021 yilda bu mamlakatdan AQSh va NATO koalisiya qo‘shinlarining kattagina qismi olib chiqib ketilishi kutilmoqda.

Ekspert fikricha, amerika harbiy kontingentining qisqartirilishi Rossiya va boshqa mamlakatlarda taqiqlangan "Tolibon" radikal harakati ta’siri o‘sishiga olib kelishi muqarrar. "Afg‘on mojarosining yangi abadiy kalavasini ko‘rish mumkin bunda", deya ta’kidlagan u.

Bu holat, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xavflidir. Urush bevosita O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston chegaralariga yaqinlashmoqda.

Ekspert, shuningdek, Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasi Afg‘oniston bilan chegara yaqinida joylashganini eslatib o‘tdi.

Tojikiston va Afg‘onistonning umumiy chegara uzunligi 1300 kmni tashkil etadi. So‘nggi vaqtlarda Tojikiston va Afg‘oniston chegara qismlariga yaqin hududlarda har hafta teraktlar, harbiy xizmatchilarning jangarilar, xususan, "Tolibon" vakillari bilan to‘qnashuvlari ro‘y bermoqda, deya eslatgan nashr.

Shu bilan birga, ekspert, ziddiy uchburchakka kiruvchi davlatlar sifatida Hindiston-Xitoy-Pokistonni sanab o‘tgan.

Ushbu uch davlat da’vogarlik qilayotgan Himolay shimoliy hududlari uchun olib borilayotgan eski mojaro jiddiy to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Pokiston va Hindiston o‘rtasida Hindistondagi Kashmir va Jammu shtatlari, Pokistondagi Xayber-Paxtunxva hududi uchun jiddiy to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Sababi, bu hududlar Hindostan yarimoroliga olib boruvchi asosiy o‘tish yo‘lagi sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!