2019 yilda Uxan laboratoriyasi olimining xotini koronavirusdan vafot etgani ma’lum bo‘ldi

2019 yilda Uxan laboratoriyasi olimining xotini koronavirusdan vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Uxan laboratoriyasi xodimining rafiqasi 2019 yil dekabrida, pandemiya e’lon qilinmasidan oldidan koronavirusdan vafot etgan. Bu haqda Daily Caller AQSh Davlat departamentining koronavirus kelib chiqishini tekshirayotgan xodimiga asoslanib xabar bermoqda.

"Xitoy hukumati ayolning o‘limi haqida bilar edi, ammo bir oy davomida virus odamlar orasida tarqalishi mumkinligini tan olmadi", deydi sobiq prezident Donald Tramp davrida Davlat departamentida ishlagan Devid Asher.

Avvalroq Uxan shahridagi laboratoriyaning uchta xodimi noyabr oyida, ya’ni birinchi tasdiqlangan yuqtirish holatidan oldin, COVID-19 ga o‘xshash alomatlar bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!