2018-2022 yillarda mamlakatimizning 8 ta viloyatida jadal iqtisodiy o‘sish ta’minlandi

2018-2022 yillarda mamlakatimizning 8 ta viloyatida jadal iqtisodiy o‘sish ta’minlandi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari 2018-2022 yillarda O‘zbekiston hududlarida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) ning o‘sish dinamikasini tahlil qildi.

So‘nggi besh yil davomida mamlakatning hududlar bo‘yicha olib borayotgan siyosati doirasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda e’tiborni viloyat darajasidan shahar, tuman va mahallalarga, xususan, ularning mavjud salohiyati, istiqboli va o‘sish nuqtalarini baholashga qaratish bu davrdagi siyosatning o‘ziga xos xususiyati bo‘ldi.

2018-2022 yillarda mamlakatimizning 8 ta viloyatida jadal iqtisodiy o‘sish ta’minlangani (YAHMning o‘sishi 131,9-154,4%) islohotlarning yaxshi natija berayotgani dalilidir.

Birinchidan, Andijon, Toshkent, Navoiy viloyatlarida pandemiyadan keyingi davrda (2021-2022) qisqa muddatda iqtisodiy rivojlanishda barqarorlik ta’minlandi.

Ikkinchidan, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak, rezina va plastmassa, qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi hamda o‘rta yuqori texnologiyali faoliyat (elektron va optik qurilmalar, elektr jihozlari ishlab chiqarish, ta’lim, axborot-kommunikasiya xizmatlarini rivojlantirish va boshqalar) tufayli Namangan, Farg‘ona, Jizzax viloyatlarining iqtisodiy o‘sishida (YAHMning o‘sishi 1,3 barobarni tashkil etdi. Bu respublika ko‘rsatkichidan yuqori) sezilarli natijalarga erishildi.

Hududlarda YAHMning o‘sishiga qaysi tarmoqlar sezilarli hissa qo‘shdi?

- Andijon, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida YAHM o‘sishini ta’minlashda sanoat sektori (YAHMning o‘rtacha yillik o‘sishini tahlil qilish asosida) sezilarli ahamiyatga ega bo‘ldi;

- Buxoro, Jizzax viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida YAHMning o‘sishida qishloq xo‘jaligi o‘z ustunligini saqlab kelmoqda;

- Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida YAHM o‘sishini ta’minlashda xizmat ko‘rsatish sohasi yetakchi tarmoq sifatida qayd etildi.

Umuman olganda, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashning maqsadlaridan biri sifatida hududiy iqtisodiyot hajmini 1,4-1,6 baravar oshirish belgilangan. Bu, o‘z navbatida, hududlarning mutanosib rivojlanishini ta’minlash, shahar va tumanlarning rivojlanishini rag‘batlantirish, urbanizasiya siyosatini takomillashtirish hamda mahalla institutini yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!