"20 mln berasan": toshkentlik erkak xorazmlik fuqaroga tahdid qildi

"20 mln berasan": toshkentlik erkak xorazmlik fuqaroga tahdid qildi

Xorazm viloyatining Xiva tumanida yashovchi YU.J. O‘zbekiston  Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, u o‘z arizasida, Toshkent shahrida ustachilik bilan shug‘ullanishini, Toshkent shahrida yashovchi shaxs uning oldiga kelib “ishlagan pulingni yarmini berasan” deb qo‘rqitib, 20 mln. so‘m talab qilayotganligini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi yozmoqda.

Mazkur murojaat yuzasidan joriy yilning 3 sentyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi M.F. belgilangan manzilda 20 mln. so‘m pulni olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!