20 dan ortiq davlatlar, jumladan, AQSh va Buyuk Britaniya yadroviy energiya ishlab chiqarishni 3 barobar oshirishni taklif qilmoqda

20 dan ortiq davlatlar, jumladan, AQSh va Buyuk Britaniya yadroviy energiya ishlab chiqarishni 3 barobar oshirishni taklif qilmoqda

Bu harakat energiya manbalariga qaramlikni kamaytirishga yordam berishi kerak, deyiladi bayonotda. Imzo chekuvchilar orasida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, BAA, Belgiya, Finlyandiya, Yaponiya, Polsha, Shvesiya va Ukraina bor. Hududida ko‘p sonli atom elektr stansiyalari joylashgan Rossiya va Xitoy deklarasiyani imzolashdan bosh tortdi.

Bu tashabbus BMTning Dubaydagi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining ikkinchi kunida e’lon qilindi. Yadro energetikasi hozirda jahon elektr energiyasi ishlab chiqarishning atigi o‘n foizini tashkil qiladi.

Germaniya aprel oyida o‘zining so‘nggi uchta atom elektr stansiyasini yopdi va mamlakatda atom energiyasi ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Biroq, mamlakatda uning ijobiy va salbiy tomonlari haqida munozaralar hali ham davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!