2 oy telefon va internet o‘chmasligi bo‘yicha

2 oy telefon va internet o‘chmasligi bo‘yicha

Yodingizda bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasining 176-sonli qarorida fuqarolar tomonidan Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun 2 oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan edi (https://t.me/xushnudbek/4751).

Beeline (https://t.me/uzbeelineuzb/186), Mobiuz (https://t.me/MOBIUZrus/2733) va Ucell (http://ucell.uz/uz/myucell/press_srv/To_the_attention_of_subscribers) kompaniyalari Vazirlar Mahkamasi qarorining ushbu bandi ularga taalluqli emasligini ma’lum qilishdi. Ya’ni ushbu aloqa kompaniyalarining abonentlari qarz bo‘lib qolishsa, telefonlari o‘chiriladi.

Uztelecom kompaniyasi esa ushbu qaror ularga taalluqli ekanligini rasman ma’lum qilishdi (https://uztelecom.uz/uz/yangiliklar/yangiliklar/hurmatli-abonentlar-jismoniy-shaxslar). Ya’ni 2 oy davomida fuqarolar Uztelecom savdo belgisi ostida ko‘rsatiladigan internet va telefon aloqasi xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmasa ham, xizmat ko‘rsatish to‘xtatilmaydi. 

Xabarda gap ayni qaysi xizmatlar haqida ketayotgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilmagan. Lekin bilishimcha, Uztelecom savdo belgisi ostiga Uzmobile, Uzonline, IPTV, IP-telefon hamda oddiy uy telefonlari xizmatlari kiradi.

❗️E’TIBOR BERING: bu degani - Sizga tekinga internet yoki telefon xizmati ko‘rsatiladi, degani emas. Shunchaki Sizga qarz yozib ketaverishadi, lekin o‘chib qolmaydi xolos. O‘shanchun ayrimlar internet tekin bo‘ldi, mazza endi deb o‘ylab, 300 GB ishlatib qo‘yib, ikki oydan keyin millionlab qarzdor bo‘lib o‘tirishmasin.

✅ SHAXSIY MASLAHATIM: to‘lovga bugun imkoniyatingiz bormi, unda ertaga qoldirmasdan o‘z vaqtida to‘lovlarni to‘lab qo‘yavering. Bu o‘zingiz uchun foyda. Hammasi yig‘ilib, juda katta summa bo‘lib ketsa, aksincha qiynalib qolasiz. Faqat bugunni emas, ertani ham o‘ylash kerak.


? @xushnudbek ?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!