19 yoshli futbolchi o‘ldirildi, jinoyatchilar orasida ayol ham bor

19 yoshli futbolchi o‘ldirildi, jinoyatchilar orasida ayol ham bor

"Xarlou Taun" futbolchisi Fransua Kablan Londondagi janjal vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda "The Guardian" xabar bermoqda.

19 yoshli sportchini pichoqlashgan, u voqea joyida vafot etdi. Polisiya to‘rt kishini hibsga oldi: Kablanni o‘ldirishda gumon qilinganlar — uch erkak va bir ayol. Ularning eng kichigi 20 yoshda. Ikki gumondor garov evaziga ozod qilindi.
Kablan "Xarlou Taun" zaxira tarkibida o‘ynagan. "Fransua ajoyib yigit va ajoyib o‘yinchi edi. Ko‘pgina o‘yinchilarimiz u bilan bitta kollejda tahsil olishgan, shuning uchun ularga bu fojia haqida bilish oson bo‘lmadi», — dedi murabbiy Adam Konnoli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!