15 yil ijarada turgan Hamdam Sobirov 2 qavatli uy sotib oldi

15 yil ijarada turgan Hamdam Sobirov 2 qavatli uy sotib oldi

Ijodkor bu haqda Instagram’dagi sahifasida videorolik joylash orqali ma’lum qildi.

Taniqli o‘zbek xonandasi va ayni kunda qo‘shiqlari xit darajasidan tushmayotgan Hamdam Sobirov muxlislari bilan quvonchli xabarni bo‘lishdi: u shahar markazida ikki qavatli uy sotib oldi.

Manbalarda xabar berilishicha, ilgari ijrochi 15 yil davomida ijarada turgan va axiyri 2 qavatli uy xarid qilib, orzusini amalga oshirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda joylangan videokorolikda musiqachi rafiqasi va 2 farzandi bilan yangi uyni tomosha qilishayotganini ko‘rish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!