12.500 AQSh dollari evaziga “Haj” ziyoratiga “kvota” olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

12.500 AQSh dollari evaziga “Haj” ziyoratiga “kvota” olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda 2023 yilning 31 may kuni fuqaro “I.B..” ning arizasida keltirilgan vajlarni tekshirib ko‘rish maqsadida, Toshkent shahar, Yunusobod tumanida joylashgan «Z.T.» MCHJ ofisida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, «Z.T.» MCHJ rahbari "I.D." fuqaro “I.B.”ning ishonchiga kirib, uni aldab, o‘zining Din ishlari qo‘mitasida ishlovchi tanishlari orqali 12.500 AQSh dollari evaziga “Haj” ziyoratini amalga oshirish uchun “kvota” olib berishni va’da qilib, shundan 1.000 AQSh dollarini olgan vaqtda xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!