11-16 yanvar kunlari Toshkentda Kino haftaligi bo‘lib o‘tadi

11-16 yanvar kunlari Toshkentda Kino haftaligi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 11-16 yanvar kunlari Yoshlar ijod saroyida "O‘zbekkino" Milliy agentligi tomonidan  "O‘zbek milliy kino san’ati haftaligi" tashkil etiladi. Haftalik davomida yangi kinoloyihalar taqdimoti, yoshlar uchun mahorat darslari, davra suhbatlari, kasting va konferensiyalar hamda har kun so‘ngida yangi filmlar premyeralari bo‘lib o‘tadi. 

Bundan tashqari, Respublika bo‘ylab taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etilib, aholi bilan o‘zbek kino san’ati tarixi va bugungi kuni bo‘yicha muloqot uyushtiriladi. Uchrashuvlar so‘ngida bir qator tarixiy-badiiy filmlarning bepul namoyishi bo‘lib o‘tadi. Kino haftalik doirasida Butunrossiya kinematografiya institutining Toshkentda filialini ochish, Toshkent Xalqaro kinofestivalini tashkil qilish, chet elda saqlanayotgan o‘zbek filmlarining mumtoz namunalarini qaytarish, yosh kinoijodkorlarga sharoit va imkoniyat yaratish kabi muhim topshiriqlar bo‘yicha ekspertlar hamda mutaxassislar bilan "O‘zbekkino"ning 2021 yilgi "yo‘l xaritasi" qabul qilinadi. 

Shuningdek, haftalik davomida milliy multiplikasiya, hujjatli va badiiy filmlar hamda yosh kinoijodkorlar kunlari, bir nechta kasting va pitchinglar, kino sohasiga oid dolzabr mavzularda konferensiyalar hamda ijodiy uchrashuvlardan o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!