10 kun ichida 5 prezident almashgan davlatni bilasizmi?

10 kun ichida 5 prezident almashgan davlatni bilasizmi?

–  1892 yilda identifikasiya qilish usuli sifatida barmoq izlarini ishlatgan birinchi davlat Argentina bo‘lgan;

–  Argentinada abort qilish hali ham taqiqlangan;

–  Dunyo florasining 10% dan ortig‘i Argentinada uchraydi;

  • 2001 yilda Argentinada 10 kun ichida 5 prezident almashgan;

–  Argentina dunyodagi beshinchi yetakchi bug‘doy eksport qiluvchi hududdir;

–  Argentina – dunyodagi eng yirik ispan tilida so‘zlashadigan mamlakat;

– 2018 yilda jami 7 million sayyohni qabul qilgan  Argentina, bu ko‘rsatkich bilan dunyoda 51-o‘rinni egallagan;

  • 1974 va 1983 yillar orasida Argentinada harbiy diktatura hukmronligi paytida 30 mingga yaqin fuqaro bedarak yo‘qolgan.

–  Argentina – dunyodagi sakkizinchi yirik davlat;

–  "Argentina"  lotincha "kumush" so‘zidan kelib chiqqan, chunki ilk kelgan yevropaliklar bu yerda kumush ko‘p degan fikrda bo‘lgan;

–  Argentina aholisining 92% shaharlarda yashaydi;

  • Argentina aholisining 40 foizi asli italiyalik, qolgan aholining ko‘pi germaniyalik muhojirlarining avlodlaridir;

–  Ta’lim – savodxonlikning global reytingida tarixiy jihatdan yuqori o‘rinlarni egallagan;

–  Argentina Lotin Amerikasidagi eng katta temir yo‘l tizimiga ega;

–  Iqlimi mo‘’tadil ya’ni, to‘rtta asosiy iqlim turiga ega: iliq, mo‘’tadil, quruq va sovuq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!