1-sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi

1-sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasiga asosan, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.

Kelgusi 2022/2023 o‘quv yilida 1-sinfga chiqadigan bolalar 2022 yilning 31 dekabriga qadar yetti yoshga to‘ladigan bo‘lishi, ya’ni 2015 yilning 31 dekabr kuniga qadar tug‘ilgan bo‘lishlari lozim.

Eslatma, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlov kurslari tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!