“Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
biologik faol qo‘shimchalar va kosmetika mahsulotlari sanoatini rivojlantirish, shu jumladan, bozor kon’yunkturasini o‘rganish, tahlil qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ushbu yo‘nalishdagi soha korxonalariga ilg‘or xorijiy amaliyot va standartlarni tatbiq etishga ko‘maklashish;
mahalliy hokimliklar bilan birgalikda hududiy farmasevtika korxonalarining investisiya loyihalarini monitoring qilish va hisobini yuritish;
farmasevtika sohasini raqamlashtirish va axborot dasturlarini joriy etish.
2025 yil yakunigacha Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining laboratoriyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining dastlabki kvalifikasiya (prequalification) tartibidan o‘tkaziladi.
2025 yil 1 apreldan:
➖cheklangan savdo ustamalari faqat resept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi;
➖bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqarishda ushbu dori vositalarining barchasiga nisbatan eng past referent narx qo‘llanadi;
➖“Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” tomonidan xorijiy valyutada qayd etilgan referent narxlar belgilangan hollarda avtomatik ravishda (tadbirkor murojaatisiz) qayta ko‘rib chiqiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
АҚШ президенти Доналд Трамп Хитойнинг унга нисбатан жорий қилинган тарифларга жавоб чораларини қоидаларни бузиш деб атади. Унинг сўзларидан иқтибос келтирмоқда РИА Новости .
АҚШ президенти Доналд Трамп дунёнинг аксарият мамлакатлари импортига бож солганидан сўнг, унинг шахсий бойлиги 500 млн долларга қисқарди, деб ёзди Forbes.
Доналд Трамп 9 апрел кунидан бошлаб Хитой товарларига қўшимча божлар жорий этиш билан таҳдид қилди Унинг айтишича, бу Вашингтоннинг Хитой импортига божларни ошириши сабаб Пекин томонидан жорий қилинган АҚШ импортига қўшимча 34 фоизлик божларга жавоб бўлади.