The New York Times xabar berishicha, 10 foizlik yagona tarif ilgari eng yuqori boj to‘lovlariga duch kelgan mamlakatlar uchun eng manfaatli bo‘lib chiqmoqda. Biroq bu holat import hajmining yana oshishiga olib keladimi-yo‘qmi, hozircha aniq emas.
Ayrim yirik eksportyor davlatlar uchun bu o‘zgarish ayniqsa manfaatli bo‘ldi, chunki ular ilgari ancha yuqori tarif stavkalariga duch kelar edi. Gap, avvalo, Osiyo mamlakatlari — Xitoy, Bangladesh, Vyetnam va Indoneziya, shuningdek Braziliya haqida bormoqda.
Kanada va Meksika ham ancha past nominal tarif stavkalariga tushdi. Biroq amalda ular eksportining katta qismi Shimoliy Amerika savdo kelishuvi tufayli allaqachon boj to‘lovlaridan ozod qilingan.
Eng katta yo‘qotishni esa ilgari eng past tariflarga ega bo‘lgan mamlakatlar ko‘rdi. Ular qatoriga AQShning yaqin ittifoqchilari — Buyuk Britaniya va Avstraliya ham kiradi. Natijada ularning boshqa eksportchilarga nisbatan avval mavjud bo‘lgan raqobat ustunligi amalda yo‘qoldi.
Ayrim tovarlar uchun esa vaziyat yanada yomonlashdi. Masalan, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan keladigan lyuks kiyim-kechaklar ilgari bojsiz import qilingan bo‘lsa, endilikda ular ham 10 foizlik tarifga tushmoqda.
Kompaniyalar, ayniqsa, kiyim-kechak sohasida zaxiralarni faol ravishda ko‘paytirishi mumkin. Chunki yangi joriy etilgan 10 foizlik tarifning 150 kunlik amal qilish davri qish mavsumi uchun tovarlar faol yetkazib beriladigan davr boshlanishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga, o‘tgan yili osiyo tovarlariga tariflar oshirilganiga qaramay, ko‘plab amerikalik kompaniyalar hali ham butlovchi qismlar va tayyor mahsulotlarni xorijdan sotib olishda davom etmoqda. Sababi ular alternativ yetkazib beruvchilarni topa olmayapti.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.