Londonda birinchi Ukraina dron ishlab chiqaruvchisi Ukrspecsystems ishlab chiqarish korxonasi ochilmoqda.
Bu haqda Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Valeriy Zalujniy o‘zining "Telegram" kanalida e’lon qildi.
Elchi ukrainalik muhandislar haqiqiy jangovar tajribaga asoslangan yechimlarni yaratayotganini, tizimlarni nazariyaga emas, balki front chizig‘ida qo‘llashga asoslangan holda takomillashtirayotganini ta’kidladi.
"Shuning uchun Buyuk Britaniyada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish chuqur strategik ahamiyatga ega. Bu Ukrainadan diqqat markazini o‘zgartirish emas, balki bizning qo‘shma imkoniyatlarimizni kengaytirish va ishlab chiqarishning uzluksizligini kafolatlaydigan ikkinchi barqarorlik liniyasini yaratishdir. Biz Ukrainadagi muhandislik tajribasi markazini saqlab qolmoqdamiz, shu bilan birga ishlab chiqarishni Britaniya mudofaa maydoniga integrasiya qilmoqdamiz. Biz hamkorligimizni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarmoqdamiz, bu yerda ittifoqchilar nafaqat bir-birini qo‘llab-quvvatlaydilar, balki umumiy sanoat xavfsizligi bazasini ham yaratadilar", dedi Zalujniy.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.