Avstraliya Bosh vaziri — Entoni Albaneze xavfsizlikka doir jiddiy tahdid haqidagi xabarlar ortidan Kanberra shahrida joylashgan rasmiy qarorgohidan shoshilinch ravishda evakuasiya qilindi.
Mahalliy News.com.au nashri ma’lum qilishicha, evakuasiyaga bino ichiga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlovchi moslama haqidagi qo‘ng‘iroq — ya’ni bomba tahdidi sabab bo‘lgan.
Shuningdek, ABC telekanali xabariga ko‘ra, tahdid to‘liq bartaraf etilguniga qadar Entoni Albaneze bir necha soat davomida maxsus qo‘riqlanadigan xonalardan biriga joylashtirilgan.
Hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan binoda keng ko‘lamli va puxta tekshiruv ishlari olib borildi. Qidiruv natijasida hech qanday shubhali buyum yoki portlovchi qurilma aniqlanmagan.
Australia Police tarqatgan rasmiy bayonotda hozirgi vaqtda jamoat xavfsizligiga nisbatan hech qanday real tahdid mavjud emasligi qayd etildi. Shu bilan birga, voqea sabablari bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv ishlari davom ettirilayotgani ma’lum qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.