Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi Qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida bank foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik bilan bog‘liq navbatdagi ijro harakati ta’minlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro R.U.dan Mikrokreditbank ATB foydasiga 19 million so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan va unga tegishli “Chevrolet Gentra” rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan.
Qarzdor transport vositasini faqat tunda uyiga olib kelinib, kunduzi boshqa joyda saqlanayotgani aniqlangan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina qarzdorning yashash manzilida aniqlandi.
Natijada faqat tunda uyiga keladigan qarzdor transporti belgilangan tartibda xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Byuro organlari tomonidan qarzdorlikni undirish borasida tizimli va qat’iy choralar ko‘rilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.