Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, 17 fevral kuni Boltiq floti tarkibidagi “Stoykiy” kichik jangovor kemasi Eron harbiy-dengiz floti kemalari bilan birgalikda Ummon ko‘rfazi hududida “Passeks” nomli dengiz mashg‘ulotida ishtirok etgan.
Eron Harbiy-dengiz kuchlarining birinchi dengiz hududi qo‘mondoni, kapitan Hasan Maqsudlu so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Eron o‘rtasidagi navbatdagi dengiz mashg‘ulotlari 19 fevralda bo‘lishi rejalashtirilgan.
Mashg‘ulotlar Eron va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazilmoqda. Vashington va Tehron yadroviy kelishuv masalasida muzokara olib bormoqda, biroq ayni vaqtda AQSh Yaqin Sharqda harbiy mavjudligini kuchaytirmoqda. Eron vakillari esa muzokaralar ma’lum darajada oldinga siljiganini aytmoqda.
Axios nashri Oq uy Yaqin Sharqda urush boshlashga yaqin turganini, ehtimoliy harbiy kampaniya keng ko‘lamli bo‘lishi, bir necha hafta davom etishi va unda AQSh bilan birga Isroil ham ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar bergan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.