Ukraina

Ukraina prezidentining 2018 yildagi daromadi ma’lum qilindi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 12 marta kattaroq daromad olgan. Poroshenko soliq deklarasiyasida 198 mln griven (7 mln dollar) daromad olganini ko‘rsatgan. Bu haqda “Ukrainskiye novosti” nashriga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.

Ukrainada Su-27 samolyoti halokatga uchradi

Jitomir oblastida Ukraina HHKga qarashli Su-27 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Ukraina bosh shtabi xabar berdi.

Poroshenko: "Rossiya uchta narsadan qo‘rqadi"

Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya va uning prezidenti qo‘rqadigan 3 narsa haqida bilishini o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini tikladi

O‘zbekiston Ukrainada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bojxonada rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni boshladi, deb xabar qilmoqda «Ukrsukor» Ukraina shakar ishlab chiqaruvchilar Milliy assosiasiyasi matbuot xizmati Ukraina Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligiga tayangan holda.

Ukrainada rossiyalik josus fosh etildi

Ukraina aksilrazvedka xizmati «Suqrot» taxallusi ostidagi GRU agentini fosh etdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Poroshenko noyabr oyida qancha maosh olgani ma’lum qilindi

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko noyabr oyida 28 ming grivna (1 ming dollar) maosh olgan, deb xabar berdi «Ukrainskiye novosti» nashri.

Ukraina Rossiyani Fransiyada namoyishlarni uyushtirishda aybladi

Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya maxsus xizmatlarini Fransiyada tartibsizliklarni uyushtirishda aybladi. Bu haqda «Kommersant’» xabar bermoqda.

O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo urushining oqibati qanday bo‘ladi?

Rossiya Ijtimoiy va siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Georgiy Fyodorov O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo urushining oqibatlari haqida gapirdi. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

Rossiya va Ukraina. Ziddiyat ildizi qayerda?

Qachonlardir og‘a-ini, slavyanlarning asosi bo‘lgan ikki millat, ikki davlat bugungi kunda o‘zaro ochiq urushdan tashqari barcha turdagi ziddiyatlarni boshdan kechirdi. Ko‘pchilik mutaxassislar tez orada keng qamrovli harbiy harakatlar ham boshlanishidan ogohlantirishmoqda. Xo‘sh, aslida qon-qarindosh bo‘lgan ikki davlatning munosabatlari nega bu qadar chigallashib ketdi?

AQSh ukrainaliklar hibsga olinishi munosabati bilan Rossiyaga «azob-uqubat va oqibatlar» va’da qildi

AQSh Davlat departamenti vakilining ma’lum qilishicha, yaqin vaqt ichida Kerch bo‘g‘ozida ushlangan Ukraina harbiy-dengiz kuchlari dengizchilari ozod qilinmasa, Rossiya «azob-uqubat va oqibatlarga» duch keladi.

"Rossiya hujum qilganida Ukraina NATO ko‘magiga suyana oladimi?"

"RIA Novosti"ning yozishicha, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg jurnalistlarning “Rossiya tomonidan yaqqol hujum sodir etilganda Ukraina NATO ko‘magiga suyana oladimi?” qabilidagi savoliga aniq javob berishdan qochgan.

Ukraina O‘zbekiston yengil avtomobillariga nisbatan surishtiruvini to‘xtatdi

Xalqaro savdo bo‘yicha idoralararo komissiya O‘zbekiston yengil avtomobillarini Ukrainaga import qilinishiga doir surishtiruvni to‘xtatdi, deb xabar qildi Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi.