O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo urushining oqibati qanday bo‘ladi?

O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo urushining oqibati qanday bo‘ladi?

Rossiya Ijtimoiy va siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Georgiy Fyodorov O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo urushining oqibatlari haqida gapirdi. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

O‘zbekiston dekabrda Ukrainadan shakar importini to‘xtatib qo‘ydi. Ko‘pchilik buni Ukrainaning O‘zbekistondan yengil avtomobillar importiga nisbatan subsidiyaga qarshi surishtiruv ishlari o‘tkazilishi bilan bog‘ladi. Keyinroq esa surishtiruv ishlari bekor qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

«Ukraina tomonidan qabul qilinayotgan O‘zbekiston bilan ayrim savdo munosabatlarini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror uning g‘alabasidan ko‘proq yo‘qotishiga olib keladi. Ukrainadan O‘zbekistonga mahsulotlar eksporti qiymati O‘zbekistondan importning uchdan ortiq baravar ortiqligini inobatga olsak, yetkazib berishdagi uzilishlar jiddiy yo‘qotishlarga olib keladi», — deb hisoblaydi Fyodorov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq muddatli istiqbolda Ukrainaning savdo hamkorlari bilan aloqalarining yomonlashishidan mahsulot va xizmatlar uchun katta narx to‘lashga majbur bo‘ladigan iste’molchilar ziyon ko‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!