Poroshenko: "Rossiya uchta narsadan qo‘rqadi"

Poroshenko: "Rossiya uchta narsadan qo‘rqadi"

Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya va uning prezidenti qo‘rqadigan 3 narsa haqida bilishini o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
 
"Qalampir.uz"ning yozishicha, “Rossiya uch narsadan qo‘rqadi: birinchidan, bizning birlik va hamjihatligimizdan, ikkinchidan, Ukrainadagi hududlar – Donbass, Qrim va Azov dengizidagi xalqaro ishtiroklardan nafratlanadi. Uchinchidan esa, Putin Ukrainaning Yevropadagi muvaffaqiyatini yomon ko‘radi”, deb yozdi Poroshenko.
 
Poroshenko bu izoh orqali Qrimni hali ham Ukraina hududi ekanligini ta’kidlamoqchi bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.
 
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenkoning telefon orqali muloqot qilish tashabbusiga javob bermasligini aytgandi.
 
“Gap faqat mening Pyotr Alekseevich bilan telefonda gaplashishni xohlamasligimda emas. Gap shundaki, men haqiqatan ham uning saylov kampaniyasida ishtirok etishini istamayman”, degan edi Rossiya yetakchisi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!