Donald Tramp

Putin va Tramp G20 doirasida uchrashishga kelishib oldi

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp Parijdagi Triumfal arkada Birinchi jahon urushi yakunining yuz yilligiga bag‘ishlab uyushtirilgan marosimda ishtirok etib, o‘zaro muloqot chog‘ida G20 sammiti doirasida uchrashishga kelishib oldi. Bu haqda Rossiya prezidentining rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qiladi «Korrespondent.net».

Tramp Yelisey saroyidagi qabulga oxirgi yetib keldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Triumfal arkidagi xotira tadbirlaridan so‘ng Yelisey saroyidagi qabulga oxirgi bo‘lib yetib keldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Tramp Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari uchun kim aybdorligini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari uchun javobgarlikni mahalliy ma’muriyat zimmasiga yukladi. Trampning qo‘shimcha qilishicha, agar tabiiy ofatga qarshi kurash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadsiz sarfi bilan bog‘liq muammo hal etilmas ekan, shtat federal moliyalashtirishdan mahrum etilishi mumkin.

CNN jurnalisti Tramp bilan ziddiyatdan so‘ng Oq uyga kirish huquqidan mahrum etildi

Oq uy 7 noyabr kuni matbuot anjumanida prezident Donald Tramp bilan bo‘lgan ziddiyatdan so‘ng CNN kanali jurnalistining Oq uyga kirish ruxsatnomasini bekor qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Bosh prokuror o‘zboshimchalik qilgani uchun lavozimidan ozod etildi​

Mamlakat prezidenti Donald Tramp AQSh adliya vaziri, mamlakat bosh prokurori Jeff Seshnsni o‘z vazifasidan ozod etdi. Bu haqda “euronews“ 8 noyabr kuni xabar tarqatmoqda. 

Tramp AQShning hukmronligiga nuqta qo‘yadimi?

Donald Trampning iqtisodiy yutug‘i ortidan superderjavaning qulashi yuz berishi va bu holat Mixail Gorbachyovning SSSRni tarqalishiga sababchi bo‘lgan omadsiz siyosati taqdirini takrorlashi mumkin, deb yozadi Asia Times sharhlovchisi Raja Merfi. RIA Novosti xabariga asosan.

Tramp Qrim to‘g‘risida: Barchasiga Obama aybdor!

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida o‘zidan avvalgi prezident — Barak Obama Rossiyaning Qrimni o‘ziga qo‘shib olishiga qo‘yib berganini aytdi, deb yozadi«RBK».

Donald Tramp AQSh bosh prokurori iste’fosini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat bosh prokurori va bir vaqtning o‘zida adliya vaziri hisoblanuvchi Jeff Seshnsning istefoga chiqarilganini o‘z Tvitter akkanutida e’lon qildi.

Kreml Putinning Tramp bilan bo‘lajak uchrashuvi haqida ma’lumot berdi

11 noyabr kuni Vladimir Putin va Donald Tramp Parijda, Yelisey saroyidagi choshgoh vaqtida qisqa muloqot o‘tkazishadi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lumot berdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp yozgan she’r! Albatta o‘qib ko‘ring

AQSh prezidenti Donald Trampning oraliq saylovlar uchun yozilgan she’ri e’lon qilindi.

Makron Putin va Tramp uchrashuvini barbod qildi

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Trampning to‘liq formatdagi uchrashuvi fransuzlar yetakchisi Emmanuel Makron tufayli barbod bo‘ldi. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda «Kommersant’» xabar bermoqda.

Facebook Trampning muhojirlar karvoni haqidagi videosini tarqatishdan bosh tortdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Trampning AQSh chegaralariga yo‘l olayotgan muhojirlar karvoni haqidagi saylovoldi roligini pullik tarqatishni taqiqladi.