AQSh prezidenti Donald Tramp yozgan she’r! Albatta o‘qib ko‘ring

AQSh prezidenti Donald Tramp yozgan she’r! Albatta o‘qib ko‘ring

AQSh prezidenti Donald Trampning oraliq saylovlar uchun yozilgan she’ri e’lon qilindi. Ushbu she’r "McSweeney" nashriyoti xodimi Rob Seyrs tomonidan tuzib chiqilgan, deb yozmoqda Turon24.

Seyrs ushbu she’rni Trampning oraliq saylovlaridagi nutqlari, bayonotlari va tvitlaridan yig‘ib chiqqan. She’rda oraliq saylovlar davomida qiyoslangan demokratlar va respublikachilar haqidagi fikrlar yaxlitlangan.

“Radikal Demokratlar” deb nomlangan she’rning tagsarlavasida “Oraliq saylovlar uchun she’r” deya izoh yozilgan.

She’r matni quyidagicha:

Radikal Demokratlar (1) (Oraliq saylovlar uchun she’r)

Demokratlar va respublikachilar o‘rtasidagi tafovutni umumlashtirishni istasangiz, buni esda tuting: (2)

Demokratlar olomonni yetishtiradi, respublikachilar ish o‘rinlari yaratadi. (3)

Ular Maksine Uoters jamoasidir. (4)

Ular – Abram Linkoln tarafdorlari (5)

(Linkoln – juda yaxshi prezident). (6)

Ular karvonlarni yoqtiradilar. (7)

Biz oz miqdordagi soliqlarni ma’qul ko‘ramiz. (8)

Ular muqaddas shaharlarni yoqtiradilar. (9)

Biz “NASCAR” (Engil avtomobillar poygasi milliy assosiasiyasi – tahririyat izohi)ni sevamiz. (10)

Ular uch dyuymli baliqning ma’lum bir turini himoya qilishga intilishmoqda. (11)

Biz Vashingtonni tozalashga urinyapmiz. (12)

Ertaga eshiklaringizni ochib, tashqariga chiqib ovoz bering! (13)

Troy uchun ovoz bering. (14)

Jon uchun ovoz bering. (15)

Brayan uchun ovoz bering. (16)

Ron uchun ovoz bering. (17)

Siz uchun sevimli “Trump Hotel” majmuasi uchun ovoz bering. (18)

Keyin esa Miss AQSh uchun ovoz bering! (19)

Mamlakatingiz uchun ovoz bering, oilangiz uchun ovoz bering. (20)

Ammo iltimos... (21)

Demokratga ovoz bermoqchi bo‘lsangiz, tashvishlanmang! (22)*

Manbalar:

  1. Mesadagi oraliq saylovi mitingi, Arizona, 19 oktyabr, 2018;

  2. Evansvilldagi miting, Indiana, 30 avgust, 2018;

  3. Missuladagi oraliq saylovi mitingi, Montana, 18 oktyabr, 2018;

  4. Janubiy Karolinadagi miting, 25 iyun, 2018;

  5. Shimoliy Karolinadagi miting, 6 sentyabr, 2016;

  6. Ayovadagi miting, 27 avgust, 2016;

  7. Nevada mitingi, 20 oktyabr, 2018;

  8. Oq uydagi navbatdan tashqari forum, 22 mart, 2018;

  9. G‘arbiy Virjiniya shtatidagi oraliq saylovi mitingi, 29 sentyabr, 2018;

  10. Shimoliy Karolinadagi oraliq saylovi mitingi, 26 oktyabr, 2018

  11. Kaliforniya shtatida fermerlar bilan maxsus uchrashuv, 2016

  12. "CBS" nashridagi 60 daqiqalik intervyu, 13 noyabr, 2016

  13. Janubiy Karolinadagi miting, 25 iyun, 2018

  14. Donald Trampning "Twitter"dagi sahifasida e’lon qilingan tvit, 29 oktyabr, 2018;

  15. Donald Trampning "Twitter"dagi sahifasida e’lon qilingan tvit, 23 oktyabr, 2018;

  16. Donald Trampning "Twitter"dagi sahifasida e’lon qilingan tvit, 24 oktyabr, 2018;

  17. Donald Trampning "Twitter"dagi sahifasida e’lon qilingan tvit, 27 avgust, 2018;

  18. Donald Trampning "Twitter"dagi sahifasida e’lon qilingan tvit, 28 dekabr, 2011;

  19. Donald Trampning "Twitter"dagi sahifasida e’lon qilingan tvit, 17 may, 2011;

  20. Alabama shtatidagi Senat mitingi, 22 sentyabr, 2017;

  21. Las Vegasdagi oraliq saylovi mitingi, 20 sentyabr, 2018;

  22. Mosayni shahridagi oraliq saylovi mitingi, 24 oktyabr, 2018.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!