Kreml Putinning Tramp bilan bo‘lajak uchrashuvi haqida ma’lumot berdi

Kreml Putinning Tramp bilan bo‘lajak uchrashuvi haqida ma’lumot berdi

11 noyabr kuni Vladimir Putin va Donald Tramp Parijda, Yelisey saroyidagi choshgoh vaqtida qisqa muloqot o‘tkazishadi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh rahbarlarining to‘liq formatdagi uchrashuvi Buenos-Ayresdagi «Katta yigirmatalik» sammiti chog‘ida bo‘lib o‘tadi.

«Putin va Trampning Parijdagi uchrashuvi OAV va xalqaro maydondagi siyosiy doiralarning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘ldi. Fransuz hamkasblarning fikricha esa, yuzaga kelgan ajiotaj Birinchi jahon urushining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar hamda Xalqaro jahon forumini soya ostida qoldirishi mumkin», degan Ushakov.

U fransuzlar o‘z xavotirlarini Moskvaga ham, Vashingtonga ham yetkazishganini aytib o‘tgan.

«Shu tufayli ikki tomon ham prezidentlarning keng formatdagi uchrashuvini keyinroqqa, Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan «yigirmatalik» sammitiga surdi», deya qo‘shimcha qilgan Ushakov.

Kremldagilar Parijdagi suhbarlardan maqsad - «soatlarni sozlab olish» ekanini aytib o‘tgan. Bundan tashqari, prezidentlar o‘zaro munosabatlarni muhokama qilishadi. Moskva tomoni Putin va Tramp o‘rta va qisqa masofalarga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomani ham muhokama qilishadi.

«Katta yigirmatalik» sammiti 30 noyabr-1 dekabr kunlarida Argentina poytaxtida bo‘lib o‘tadi.

Putin va Trampning oxirgi uchrashuvi shu yilning iyulida Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda prezidentlar o‘zaro munosabatlar va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishgandi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!