Donald Tramp AQSh bosh prokurori iste’fosini e’lon qildi

Donald Tramp AQSh bosh prokurori iste’fosini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat bosh prokurori va bir vaqtning o‘zida adliya vaziri hisoblanuvchi Jeff Seshnsning istefoga chiqarilganini o‘z Tvitter akkanutida e’lon qildi.

Donald Tramp Metyu Uitakerni Jeff Seshns o‘rniga bosh prokuror vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.

«Biz bosh prokuror Jeff Seshnsning adliya vazirligidagi apparati boshlig‘i Metyu Uitakerning yangi bosh prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini e’lon qilishdan xursandmiz», — deb yozdi Tramp o‘z Tvitterida.

Ikkinchi tvitida u Seshnsga xizmatlari uchun tashakkur e’lon qilib, bu lavozimning doimiy egasi keyinroq e’lon qilinishini bildirib o‘tdi.

Bungacha AQSh prezidenti Donald Tramp Seshnsni uning adliya vazirligidagi boshqaruvidan qoniqmayotganligini bildirib bir necha bor, jumladan omma oldida ham tanqid qilib kelayotgan edi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!