Donald Tramp
Blinken: AQShning Bayden davrida Ukrainaga harbiy yordami 10 milliard dollardan oshdi
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, prezident Jo Bayden davrida AQShning Ukrainaga bergan harbiy yordami miqdori 10 milliard dollardan oshib ketdi.
Bayden yangi qonun loyihasini imzoladi
AQSh prezidenti Jo Bayden iqlimni muhofaza qilish, mamlakatning energiya xavfsizligini ta’minlash va aholi salomatligini qo‘llab-quvvatlashga katta sarmoya kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini imzoladi.
Bayden: Rushdiyga suiqasddan dahshatga tushdim
AQSh Prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill Bayden britaniyalik yozuvchi Salmon Rushdiyga qilingan hujumdan dahshatga tushganini bildirdi.
Tramp o‘z mulkini tintuv qilish chog‘ida olib qo‘yilgan hujjatlarni qaytarishni talab qildi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Federal qidiruv byurosi agentlari tomonidan Mar-a-Lagodagi mulkida tintuv o‘tkazish chog‘ida olib qo‘yilgan hujjatlarni qaytarib berishni talab qildi.
Tramp: hujjatlarning maxfiyligi qolmagandi
“Mar-a-Lago” qarorgohida AQSh Federal qidiruv byurosi tomonidan tintuv paytida topilgan barcha hujjatlar maxfiylikdan chiqarilgan. Qo‘shma Shtatlar sobiq Prezidenti Donald Tramp o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida shu haqda bayonot berdi.
Erdog‘an bilan Bayden Nyu-Yorkda uchrashishi mumkin
Turkiya va AQSh prezidentlari Rejep Tayyip Erdog‘an bilan Jo Bayden kelasi oyda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasi majlisi doirasida uchrashuv o‘tkazishi mumkin, deb yozmoqda Sabah gazetasi manbalarga tayanib.
Oq uy Bayden va Si Szinpin o‘rtasidagi muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rilayotganini e’lon qildi
Oq uyning yuqori martabali mulozimi AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin o‘rtasida uchrashuv tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi.
Bayden oilasi bilan Atlantika okeanidagi orolda dam olmoqda
AQSh Prezidenti Jo Bayden oilasi bilan mamlakat sharqida, Janubiy Karolina shtatidagi Kiaua orolida yetti kunlik ta’tilni boshlab yubordi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Tramp qarorgohida Oq uy hujjatlari qidirilmoqda
Federal qidiruv byurosi (FBR) AQShning sobiq Prezidenti Donald Trampning qarorgohida tintuv o‘tkazayotgani va davlat rahbari lavozimini tark etgach, Oq uydan olib chiqib ketilgan hujjatlarni izlayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
AQSh Senati Baydenning reytingini ko‘taradigan qonun loyihasini ma’qulladi
AQSh Senatidagi demokratlar yakshanba kuni iqlim, sog‘liqni saqlash va soliq bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi va oraliq saylovlar oldidan Jo Baydenning yirik g‘alabasini ta’minladi, deb yozmoqda USA Today.
Seshanba kuni Bayden Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga kirishi haqidagi hujjatlarni imzolaydi
AQSh prezidenti Jo Bayden seshanba kuni Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni imzolaydi, bu haqda Amerika yetakchisining Oq uy e’lon qilgan jadvalidan kelib chiqadi.
Trampning qayta saylanishi mamlakat uchun “eng yomon ssenariy”
Ro‘yxatdan o‘tgan amerikalik saylovchilarning 37 foizi Donald Trampning qayta saylanishini mamlakat uchun “eng yomon ssenariy” deb hisoblagan, 35 foizi esa Jo Baydenga nisbatan bir xil pozisiyada.