Tramp qarorgohida Oq uy hujjatlari qidirilmoqda

Tramp qarorgohida Oq uy hujjatlari qidirilmoqda

Federal qidiruv byurosi (FBR) AQShning sobiq Prezidenti Donald Trampning qarorgohida tintuv o‘tkazayotgani va davlat rahbari lavozimini tark etgach, Oq uydan olib chiqib ketilgan hujjatlarni izlayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, gap “ko‘plab maxfiy hujjatlar” saqlangan qutilar haqida ketmoqda.

“SNN” telekanali ham Tramp qarorgohidagi xizmat xonalari va turar-joy binolarida tintuv o‘tkazmoqda, deb xabar tarqatdi.

Tintuv paytida Tramp qarorgohda bo‘lmagan.

Huquqni muhofaza qilish idorlari tintuv o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etgach, bu ishni paysalga solib bo‘lmaydi, deb hisoblagandan keyin sud qarori bilan ishga kirishiladi.

“Fox News” xabarida tintuv natijasida FBR bir necha quti ashyolar qarorgohdan olib chiqib ketilgani xabar beriladi.

Joriy yilning boshida AQSh Milliy arxivlar va hujjatlar boshqarmasi Trampdan Oq uydan olib chiqib ketilgan 15 quti hujjatlarni qaytarib olgan edi.

“CBS” telekanali FBR Trampning Floridadagi qarorgohida tintuv o‘tkazish to‘g‘risida Oq uyni xabardor qilmagan, deb bayonot bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!