Oq uy Bayden va Si Szinpin o‘rtasidagi muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rilayotganini e’lon qildi

Oq uy Bayden va Si Szinpin o‘rtasidagi muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rilayotganini e’lon qildi

Oq uyning yuqori martabali mulozimi AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin o‘rtasida uchrashuv tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden so‘nggi suhbat chog‘ida Xitoy rahbari bilan yuzma-yuz uchrashish imkoniyatini muhokama qilgan.

“Ular jamoalar tafsilotlarni muhokama qilishiga kelishib oldilar. Biz hozircha vaqt va joy haqida xabar bera olmaymiz”, - deya iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden 28 iyul kuni Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!