AQSh Senati Baydenning reytingini ko‘taradigan qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senati Baydenning reytingini ko‘taradigan qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senatidagi demokratlar yakshanba kuni iqlim, sog‘liqni saqlash va soliq bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi va oraliq saylovlar oldidan Jo Baydenning yirik g‘alabasini ta’minladi, deb yozmoqda USA Today.

Senat iflyasiyani pasaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Ushbu qonun loyihasi ekologik toza energiya ishlab chiqarish, resept bo‘yicha beriladigan dori-darmonlar narxini tushirish chora-tadbirlari va yirik korporasiyalar ham daromad solig‘ini to‘lashi uchun soliqlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tashabbuslar uchun rekord darajada mablag‘ sarflashni nazarda tutadi.

Masalan, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun qonun loyihasi 10 milliard dollar miqdoridagi soliq imtiyozlarini ko‘zda tutmoqda. Bu pullar elektromobillar, quyosh panellari va shamol turbinalari ishlab chiqarishga sarflanadi. EYEktromobil xarid qiluvchilarga 7,5 ming dollar miqdorida soliq yengilligi beriladi. 9 milliard dollar kam daromadli amerikaliklarning uylarini samarali modernizasiyalash uchun ajratiladi.

Elektromobillar ishlab chiqarayotgan zavodlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratiladigan kredit hajmi 20 milliard dollarni tashkil etmoqda. 20 milliard dollar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun yordam sifatida fermerlarga beriladi. Shahar va shtatlarga kommunal xizmatlarni ekologik toza elektrga o‘tkazish uchun 30 milliard dollar ajratiladi.

AQShda tibbiyot sug‘urtasi milliy dasturi bo‘yicha qonun loyihasi resept bo‘yicha sotiladigan dori-darmonlarning narxi bo‘yicha kelishish imkonini beradi. Mazkur chora-tadbirlarga mablag‘ jalb qilish uchun qonun loyihasi bo‘yicha 15 foizlik korporativ soliq belgilanadi. Natijada qonun loyihasi yuqorida keltirib o‘tilgan choralarga taxminan 739 milliard dollar soliq tushumlarini jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kongressning Byudjet boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, qonun federal byudjetidagi tanqislikni kelgusi o‘n yil davomida 102 milliard dollarga qisqartiradi.

Endi qonun loyihasi ovoz berish uchun demokratlar tomonidan nazorat qilinayotgan Vakillar palatasiga jo‘natiladi va juma kuni qabul qilinishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!