Toshkent
Angrenlik yigit Telegram-guruh ochib, fuqarolarning 13 mln so‘mini o‘zlashtirdi
IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan «Telegram»da UNIVERSAL KREDIT nomli soxta guruh ochib, fuqarolarning bank kartalaridagi mablag‘larini o‘zlashtirib kelgan shaxs qo‘lga olindi.
Toshkentda elektron reklama ekrani yonib ketdi
Bugun, 23 iyul kuni soat 09:29 da Yunusobod tumani TXAY ko‘chasi Uchqahramon aylanma yo‘lida joylashgan elektron reklama qurilmasida yong‘inyuzaga kelganligi haqida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan .
Toshkentda 65 yoshli piyoda Matiz urib yuborishi oqibatida vafot etdi
22 iyul kuni taxminan soat 00.30 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida YTH ro‘y bergan.
⚡️"Kasallik hozirda yosh bolalarga ko‘p yuqmoqda" – Elmira Basitxanova
"Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tgan yili bolalar bo‘limi ochilmagan edi. Bunga sabab koronavirusning avvalgi shtammlari bolalarda juda kam aniqlangani edi.
Toshkent shahridagi “Moskva muhandislik fizikasi instituti” milliy tadqiqot yadro universiteti filialiga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish, yadro fizikasi, yadroviy texnologiyalar, issiqlik fizikasi, elektroenergetika sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida ushbu sohada tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanuvchi Toshkent shahridagi “Moskva muhandislik fizikasi instituti” milliy tadqiqot yadro universiteti filialiga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Hujjatlar MMFI MTYAU rasmiy veb-sayti orqali joriy yilning 24 iyuligacha qabul qilinadi.
Mudofaa vazirligiga qarashli binoni ta’mirlashni 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar qo‘lga tushdi
Mudofaa vazirligining Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlaridan birida rejalashtirilgan 65 mlrd so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini olib berish evaziga, shartnoma qiymatining 4 foizi miqdori pul berishni talab qilgan mansabdorlar qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Sobiq ichki ishlar xodimi o‘qishga kiritish uchun pora olayotganda qo‘lga tushdi
Toshkent viloyatida muqaddam ichki ishlar idoralarida ishlagan shaxs jinoiy sherigi bilan kelishgan holda boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, 13 ming AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Toshkentning qator mavzelarida 23 iyuldan issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Toshkentning ayrim hududlarida sovuq suv ta’minoti uzilishi munosabati bilan 23 iyul soat 09:00 dan 24 iyul soat 21:00 ga qadar issiq suv ta’minoti ham vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Toshissiqquvvati» DUK xabar berdi.
Toshkentda erkak opa-singillarni salkam 70 ming dollarga chuv tushirdi
Yaqinda poytaxtimizning Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi opa singillar Gulzoda va Lobar Rahimovalar (voqea ishtirokchilarining ism-shariflari o‘zgartirilgan) huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat etib, yordam so‘raydi.
Toshkentdagi kafeda ikki yigit kassir qizning mulkini o‘mardi
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda 8,9,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida katta mojaro yuzaga kelishi mumkin edi
2021 yil 10 iyul kuni taxminan soat 20.30 larda navbatchilik qismiga Mirobod tumanidagi Shaxrisabz va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida bir nechta yosh yigitlar to‘planganligi hamda o‘zaro munosabatlarini hal qilishayotganligi, ularning bu mojarosi katta janjalga aylanib ketishi mumkinligi haqidagi xabar kelib tushgan.
Toshkent shahar IIBB xodimi «Nexia-2» mashinasida «Nexia-1»ga borib urildi
2021 yil 11 iyul kuni Chilonzor tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimi safdor 1986 y.t. Asan Utarov xizmatdoshi safdor Jaxongir Zokirov bilan «Nexia-2» rusumli (davlat raqami 01 546 VSF) patrul avtomobilida xizmat olib borayotgan edi.