Toshkentda elektron reklama ekrani yonib ketdi

Toshkentda elektron reklama ekrani yonib ketdi

Bugun, 23 iyul kuni soat 09:29 da Yunusobod tumani TXAY ko‘chasi Uchqahramon aylanma yo‘lida joylashgan elektron reklama qurilmasida yong‘inyuzaga kelganligi haqida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan (https://www.gazeta.uz/uz/2021/07/23/advertising-fire/).

Shundan so‘ng, yong‘in qutqaruv texnikalari soat 09:33 da voqea joyiga yetib borib, 09:38 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

«Yong‘inning dastlabki sabablari aniqlanmoqda, ammo mutaxassislar aytganidek, bu qisqa tutashuv sodir bo‘lishi oqibatida yuzaga kelgani ehtimoli katta», — deya ta’kidladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!