Toshkent shahridagi “Moskva muhandislik fizikasi instituti” milliy tadqiqot yadro universiteti filialiga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni davom etmoqda

Toshkent shahridagi “Moskva muhandislik fizikasi instituti” milliy tadqiqot yadro universiteti filialiga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni davom etmoqda

Joriy yilning 19 iyulida “O‘zatom” agentligi bosh direktori J.Mirzamahmudov boshchiligidagi o‘zbekistonlik mutaxassislar va MMFI MTYAU bosh universitetining birinchi prorektori O.Nagornov boshligidagi rossiyalik mutaxassislarning ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda MMFI MTYAU Toshkent shahridagi filialiga qabul masalalari va filialni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”dagi chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati muhokama qilindi.

Tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq filialga qabul imtihonlarini joriy yilning 26, 28, 30 iyul kunlari matematika, fizika va rus tili fanlaridan an’anaviy yozma shaklda o‘tkazishni ta’minlashga kelishib oldilar.
Qabul imtihonlarini barcha karantin qoidalariga rioya etgan holda yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish maqsadida “O‘zatom” agentligi rahbariyati, MMFI MTYAU bosh universiteti va Toshkent shahridagi filiali rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda qabul imtihonlarini o‘tkazish uchun joriy yilning 19 iyulidan boshlab filial binosi hududida tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.

Imtihonlar to‘liq rossiyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi. Sinov natijalari har bir imtihon o‘tkazilgan kunning ertasiga e’lon qilinadi.
Hozirda kirish imtihonlarini o‘tkazish joyi sifatida bir nechta variantlar ko‘rib chiqilmoqda, imtihonlarni o‘tkazish joyi bo‘yicha yakuniy qaror bir necha kunlarda abituriyentlarga yetkaziladi.
Toshkent shahridagi MMFI MTYAU filiali moddiy-texnika bazasi bo‘yicha respublikadagi eng rivojlangan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Filial binosi 2019 yilda barpo etilgan bo‘lib, 2019 yilda 16 mln rubllik, 2021 yilda esa 16,3 mln rubllik eng zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalari bilan jihozlangan. Joriy yilning yakuniga qadar Filialni tahminan yana 5 mlrd so‘mlik maxsus laboratoriya uskunalari bilan jihozlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari filialning 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta bosqich talabalariga yetarli 1 mln rubllik 6 200 dona o‘quv adabiyotlari xarid qilingan va Filial kutubxonasi boyitilgan.

Bugungi kunda filialda jami 168 nafar talaba bakalavriatning birinchi va ikkinchi bosqichida tahsil olib kelmoqda. Ta’lim xizmatlari talabalar uchun davlat buyurtmasiga muvofiq to‘liq davlat granti asosida rossiyalik va o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Filial bitiruvchilariga o‘qish tamomlanganidan so‘ng bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi va bu diplom O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi. Filialning barcha bitiruvchilari respublikaning energetika tarmog‘ida ish bilan ta’minlanadilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!