Toshkentda 65 yoshli piyoda Matiz urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda 65 yoshli piyoda Matiz urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Yashnobod tumanida ro‘y bergan YTH haqida ma’lumot

2021 yil 22 iyul kuni taxminan soat 00.30 da Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan Xojiakbar L. ishonchnoma asosida “Matiz” (davlat raqami 01 L 697 SV) rusumli avtomobilni boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda – 1956 yilda tug‘ilgan Shavkat B.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!